«O‘zgidromet» 10-13 may kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Bugun O‘zbekistonning barcha hududlari Kavkaz hududlaridan kirib kelgan salqin va nam havo massasi ta’siri ostida bo‘ldi. Hududlarning katta qismida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat foni kunning me’yoriy qiymatlaridan 3-4° ga kam bo‘ladi va 20-25° dan yuqori bo‘lmaydi.
Ertaga faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa kun davomida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli saqlanib turadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° atrofida bo‘ladi.
Payshanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga yana nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, bunda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13 mayda juma kuni nam va salqin havo massasi mamlakatimizning barcha hududlarini kamrab oladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Shimolda yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Ushbu kunlarda harorat kechalari 12-17° ni, kunduz kunlari 12 mayda 23-28° ni tashkil etadi, 13 mayda yomg‘ir paytida 21-26° gacha pasayadi.
Hafta davomida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi