13:57 / 20.05.2022
1 494

O‘zbekistonga Kavkazdan nam va salqin havo kirib keladi

O‘zbekistonga Kavkazdan nam va salqin havo kirib keladi
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha jala yomg‘irlar yog‘ishi va shamolning kuchayishi kutilmoqda, deya xabar beradi Gidrometeorologiya xizmati.

Bugun respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida va Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon konvektiv bulutlar rivojlanishida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

Kunduzi havo harorati 27-32° bo‘ladi.

Ertaga respublika hududlariga Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va kechga tomon Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida harorat 27-32° atrofida bo‘lgan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi respublikamizning barcha hududlariga tarqaladi. Ko‘pchilik viloyatlarda jala yomg‘irlar yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida esa ertalab yomg‘ir to‘xtaydi. Havo harorati kunduz kuni 18-23° gacha pasayadi, bu me’yordan 4-6° ga pastdir.

20-22 mayda respublika bo‘yicha shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 21 mayda shimolda va cho‘l hududlarida, 22 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

23 may dushanba kuni respublikaning deyarli barcha hududlarida kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Kechasi va ertalab havo harorati sezilarli darajada pasayadi va 10-13° atrofida bo‘ladi, kunduz kuni esa quyosh nurlari havoni 23-28° gacha isitadi.

20-23 mayda republikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga keldishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga Kavkazdan nam va salqin havo kirib keladi