18:38 / 20.02.2015
10 164

O‘zbekistonda makkajo‘xori yig‘ish mashinasi yaratildi

O‘zbekistonda makkajo‘xori yig‘ish mashinasi yaratildi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasi uchun mo‘ljallangan makkajo‘xorini yig‘ish mashinasi yaratildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi xabar berdi.

Mashinaning vazifasi bargpoya massasining nobudgarchiligini kamaytirish va uni maydalash sifatini oshirish hisobiga so‘talarga ishlov berish sifatini oshirishdan iborat.

K.D.Astanakulov, B.A. Xatamov, O.Sh.Ochildiev va G.G.Fozilovdan iborat mualliflar guruhi bu foydali model uchun № FAP 00975 raqamli patent oldi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda makkajo‘xori yig‘ish mashinasi yaratildi