O‘zbekistonda nodavlat ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni kasanachilik yo‘nalishida kasbga o‘qitish tizimi yanada rivojlantiriladi. Bu haqda jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilandi.
Unga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan ish bilan band bo‘lmagan kasanachilik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish va bandligini ta’minlash bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida kasbga o‘qitish yangi tartibi joriy etiladi.
Nodavlat ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni kasanachilik faoliyat turlari bo‘yicha kasbga o‘qitish asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
- ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni zamonaviy kasblarga o‘qitishda ish beruvchilar talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda davlat buyurtmasini berish;
- o‘z kasbi bo‘yicha malakaga ega bo‘lgan ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarga malakalarni baholash markazlari orqali malaka pasportlarini berish;
- malaka pasportlarini olgan ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarga mehnat faoliyatini boshlash uchun ham subsidiya berish.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2023 yil 1 yanvardan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahrida «Ishga marhamat» monomarkazlari huzurida tashkil etilgan Malakalarni baholash markazlarida o‘quv kurslarini tugatgan fuqarolarni bilimi darajasini aniqlaydi va shu asosda ularga malaka pasportlarini beradi.
Malaka imtihonlarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni har bir band bo‘lmagan shaxs uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Malaka pasportini olgan hamda kasanachilik yo‘nalishlari bo‘yicha mehnat faoliyatini boshlamoqchi fuqarolarga o‘qish xarajatlariga teng miqdorda, biroq jami 7 million so‘mdan oshmagan, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiyalar beriladi.
Mehnat bozori tadqiqotlari institutining ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ishga muhtoj bo‘lganlar 1,4 million kishini, ishsizlik darajasi o‘rtacha 9,2 foizni tashkil etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?