«O‘zgidromet» O‘zbekiston bo‘yicha 18-22 iyulga ob-havo prognozini e’lon qildi.
Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha issiq ob-havo saqlanib turadi. Respublika hududi bo‘yicha havo harorati 38-43 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajagacha bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi va 21-23 iyul kunlari kunduzi havo 43-45 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 47 darajagacha isiydi. Faqat respublika shimolida 23 iyulda issiq asta-sekin 37-42 darajagacha pasayadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
18-24 iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi