«Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (396-son, 21.07.2022 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan normativ-huquqiy hujjatlarni «tartibga soluvchi gilotina» usuli orqali tizimlashtirish natijasida 422 ta Hukumat qarori o‘z kuchini yo‘qotdi.
O‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlarning 90 foizi (331 ta)ni yaxlit qarorlar, 10 foizi (91 ta)ni esa hujjatlarning ayrim bandlari tashkil qiladi.
Mazkur hujjatlarning bekor qilinishiga quyidagilar asos bo‘ldi:
- keyinroq qabul qilingan hujjatlar bilan bir xil normalarning mavjudligi;
- normalarning keyinroq qabul qilingan hujjatlar normalariga zid kelib qolganligi;
- qarorlarning qabul qilinishiga asos bo‘lgan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatlarining bekor qilinganligi natijasida o‘z dolzarbligini yo‘qotganligi;
- qarorlar bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan boshqa qarorlarning o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganligi;
- qarorlarda belgilangan bir martalik, vaqtinchalik bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlarning ijrosi ta’minlanganligi.
Hujjat Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?