Fevralning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘ylab iliq havo hukmronlik qildi, ba’zi hollarda havo harorati +15…+20 darajagacha ilidi, deya xabar bermoqda “Darakchi” gazetasi.
“O‘zgidromet” mutaxassislariga ko‘ra, fevral qish oyi va bu kabi noturg‘un ob-havoda oyning ikkinchi yarmida harorat keskin pasayishi ehtimoli mavjud.
Shuningdek, soha mutaxassislarining yana izoh berishicha, “bahor o‘z vaqtida kirib keladi, biroq bunday katta davr uchun ob-havo bashoratini aytishning nafaqat O‘zbekistonda, balki butun jahonda ham imkoni yo‘q”.
Qayd etishlaricha, O‘zbekistonda so‘nggi 10 yildagi eng iliq mart 2008 yilda kuzatilgan (o‘rtacha me’yordan +7 daraja yuqori), shu yili kunduzgi harorat +25…+30 daraja iliq bo‘lgan.
2005 yil fevral oyining so‘nggi kunlarida bahor kirib kelgan, mart oyining so‘nggi besh kuni harorat keskin sovib, yog‘ingarchilik hamda kechasi haroratning nol darajagacha tushib ketishi kuzatilgan.
So‘nggi 10 yilda eng sovuq mart 2012 yilda bo‘lgan, shu yili kuchli qor va yomg‘irlar mart oyining 20 sanasigacha yog‘ib, havo harorati -5…-2 daraja sovuqni tashkil qilgan.
“Bizning O‘rta Osiyo iqlimi uchun erta iliq bahoriy harorat taqvimdagi muddatidan oldin kirib kelishi xos sanaladi. Odatda fevralda, ayniqsa, ushbu oyning ikkinchi yarmida havo harorati bahoriy bo‘ladi”, – deyiladi gazeta xabarida.
2004, 2006, 2007, 2009, 2013 yillarda O‘zbekistonda fevraldagi o‘rtacha harorat me’yordan yuqori 3-5 darajani tashkil etgan. 2010 yilda esa fevralning oxirgi 10 kunligi juda iliq kelgan.
“Biroq barchamizga ma’lumki, hatto juda iliq fevraldan keyin ham martda havo keskin minus darajagacha sovib ketishi va qor yog‘ishi mumkin”, – deya qo‘shimcha qilingan gazeta xabarida.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi