date

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 75 tiyin kam 2900 so‘mga etdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 75 tiyin kam 2900 so‘mga etdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2016 yil 26 apreldan boshlab valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. Bu haqda "Daryo" nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2899 so‘m 25 tiyin etib belgilandi. Bu 19 apreldagi kursga nisbatan 5 so‘m 33 tiyinga ko‘p.

26 apreldan e’tiboran 1 evro qiymati 3297 so‘m 90 tiyin (19 apreldagi kursga nisbatan 1 so‘m 82 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 43 so‘m 78 tiyin (19 apreldagi kursga nisbatan 4 tiyin arzon) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 75 tiyin kam 2900 so‘mga etdi