date

O‘zbekiston pasportining yangi dizayni taqdim etildi

O‘zbekiston pasportining yangi dizayni taqdim etildi

Grotesque studiyasining direktori Azamat Shomuzafarov o‘zining blogida o‘zbek pasportining yangi dizaynini joylashtirdi, deyiladi "Kun" nashrida.

Dizaynning o‘ziga xos jihati - muqova ustida dunyo xaritasining chizmasi tushirilgan bo‘lib, O‘zbekiston chegarasi unda ajralib turadi. Shuningdek, pasportda davlat gerbi ham tasvirlangan.

“Avvaliga men davlat gerbini muqovadan olib tashlagan edim. Biroq fikrimni o‘zgartirib, uni yana o‘z joyiga qaytardim. Gerb – davlatning rasmiy logotipi hisoblanib, u hujjatda davlatchilikni aks ettiradi. Bu surat insonga darhol bu erda qandaydir davlat organlari ishtirok etayotgani haqida tushunib olishiga yordam beradi. Mening fikrimcha, muqovada UZBEKISTAN so‘zining katta harflarda yozilishi gerb suratidan ko‘ra ko‘proq tushunarliroq bo‘ladi. Albatta, bu shaxsiy fikrim. Barchani birdek ishontirishning iloji yo‘q. Agar kimdir pasport dizaynini o‘zgartirishga bel bog‘lasa, o‘z g‘oyamni bepul taqdim etgan bo‘lar edim – bu men uchun katta sharaf”, - deydi dizayn muallifi Azamat Shomuzafarov.

Muqova siyohrangda bo‘lib, O‘zbekistonning xaritada ajralib ko‘rsatilishi insonlarga mamlakatimiz dunyoning qaysi nuqtasida joylashganini darhol tushunib etishlariga imkon beradi. Hozirda mazkur g‘oya foydalanuvchilar va malakali dizaynerlar tomonidan muhokama qilinmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston pasportining yangi dizayni taqdim etildi