14:08 / 21.11.2022
1 849

«O‘zgidromet» yaqin kunlardagi ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

«O‘zgidromet» yaqin kunlardagi ob-havo ma’lumotini e’lon qildi
«O‘zgidromet» hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi mumkinligini ochiqladi. Unga ko‘ra:

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida, shuningdek, Toshkent viloyatining ba’zi joylarida frontal bulutli chiziqlar o‘tishida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Kunduzi havo harorati 13-15 daraja iliq, janubda 18-21 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Seshanba kunidan boshlab va ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat foni 6-8 darajaga ko‘tariladi. Kunduzi havo harorati seshanba kuni – 15-17 daraja iliqgacha, so‘ng esa 18-20 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda 23 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida seshanbaga o‘tar kechasi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘larda yog‘ingarchilik bo‘ladi.

21-22-noyabrda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Bugun va ertaga respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zgidromet» yaqin kunlardagi ob-havo ma’lumotini e’lon qildi