date

16 may kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi

16 may kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi

O‘zbekistonning barcha hududlarida 16 may, yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» markaziga asoslanib "Daryo" xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 16 mayga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li joylarida +5…+10 daraja, Toshkent shahrida +15…+17 daraja, mamlakatning qolgan hududlarida esa +13…+20 daraja oralig‘ida iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni kunduzi Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati +32 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryoda +33 darajagacha iliq bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +10…+15 daraja, Toshkent shahrida +23…+25 daraja, qolgan hududlarda +28 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.

16 may butun O‘zbekiston bo‘ylab vaqti-vaqti bilan qisqa muddat yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda, Toshkent shahridan boshqa barcha hududlarda shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 16 may kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi