Davlat organlari funksiyalarining ochiq reyestri yuritiladigan bo‘ldi. Ijro organi rahbari va o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida kompaniya rahbari bo‘lishi taqiqlandi. Masalan, transport vaziri va UzAirways raisi hozirgidek bitta odam bo‘lishi mumkin emas. Har xil uyushmalarga davlat vakolatlarini berib, ularning rahbarlarini hukumat qarori bilan lavozimga tayinlash ham bekor qilinadi.
21 dekabr kuni “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy bo‘linmalari mas’uliyatini oshirish maqsadida respublika va mahalliy darajadagi bo‘g‘inlarning funksional chegaralari belgilandi.
2023 yil 1 yanvardan:
- respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbari vazifasini bajarishi taqiqlanadi;
- uyushma va boshqa xo‘jalik birlashmalariga davlat hokimiyati vakolatlarini berish va ularning rahbarlarini Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan lavozimga tayinlash amaliyoti bekor qilinadi.
Ma’lum qilinishicha, barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining qariyb 5 ming funksiyalari xatlovdan o‘tkazilganida, 500 ga yaqin takrorlanadigan, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hamda amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagan funksiyalar aniqlangan. Shuni inobatga olgan holda, respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestri shakllantirilib, doimiy yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Funksiyalar yagona reyestrini elektron tarzda yuritish imkonini beradigan “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi yuritiladi.
Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan, sinov tariqasida, Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
AQSH raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Bitkoin qiymati 99 ming dollardan oshdi