Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni “Ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Prezident qarori ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Hujjat bilan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlangan. Har bir xodim mazkur kodeksda belgilangan qoida va talablarni bilishi, ularga qat’iy va so‘zsiz amal qilishi majburiy etib belgilangan. Kodeks qoida va talablariga amal qilmaslik yoki ularni qo‘pol ravishda buzish xodimni ichki ishlar organlaridan xizmatdan bo‘shatishgacha bo‘lgan intizomiy jazo chorasini qo‘llash uchun acoc bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, kodeksda belgilangan qoida va talablar ichki ishlar organlarida sodir etilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar, suiiste’molchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish, huquq-tartibot tizimi obro‘yiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslikka yo‘naltirilgan. Xodimlar ishga qabul qilingan kundan, egallab turgan lavozimi hamda bajaradigan ishining xususiyatidan qat’i nazar ushbu kodeksga birday rioya etishga majburdir.
Bundan tashqari, ushbu prezident qarori bilan IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti to‘g‘risidagi nizom, ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning Yo‘l xaritasi tasdiqlangan.
Davlat rahbari tomonidan “Ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilinishi ortidan prezidentning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi belgilangan.
Ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning Yo‘l xaritasi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Ilon Mask: Yevropa o‘lmoqda!
Mayk Tayson yangi rekord bilan boks tarixiga kirdi