Prezident tomonidan 20.01.2023 yildagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-815-son Qonun imzolandi.
Norma nashri xabariga ko‘ra, kiritilayotgan o‘zgarishlar mahalliy davlat hokimiyati organlari, hokimlar, bojxona organlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakolatlariga hamda MCHJni majburiy auditdan o‘tkazish talabiga oid.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining quyidagi vakolatlari bekor qilinmoqda:
- tibbiy yordam sifatining klinik-statistik standartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
- yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligi, ularni saqlash sharoitlari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Hokimlar uy-joy mulkdorlari va uy-joydan foydalanuvchilaridan kommunal xizmatlar to‘lovi va majburiy badallarni to‘lash bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risida da’volar bilan sudga murojaat qilish vakolatidan ham mahrum bo‘lmoqda.
Shuningdek, aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming baravari miqdoridan ko‘p bo‘lgan MCHJlar uchun har yilgi tashqi auditorlik tekshiruvidan o‘tish majburiyati bekor qilinmoqda.
Endilikda chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalarining egalari tomonidan majburiy sug‘urta bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni bojxona organlari amalga oshirmaydi. Ushbu vakolat davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida saqlanib qolmoqda.
Vazirlar Mahkamasi, Moliya va iqtisodiyot vazirligining auditorlik faoliyatini tartibga solish bo‘yicha ayrim vakolatlari nodavlat notijorat tashkilotlari – auditorlarning respublika jamoat birlashmalariga o‘tkazilmoqda. Xususan, auditorlar birlashmalariga:
- auditorlar malakasini oshirishning namunaviy dasturini tasdiqlash;
- malaka imtihonini o‘tkazish tartibini belgilash (Moliya va iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda);
- nomzodni malaka imtihoni topshirishga qo‘yish yoki rad etish;
- sertifikatni rasmiylashtirish va qayta rasmiylashtirish, sertifikat va uni dublikatini berish vakolatlari o‘tkazilmoqda.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.01.2023 yildan kuchga kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kimyoviy vositalar bilan daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi