11:07 / 16.02.2023
1 010

Turkmanistondan o‘ta nam havo oqimi kirib kelmoqda

Turkmanistondan o‘ta nam havo oqimi kirib kelmoqda
«O‘zgidromet» bugungi ob-havo ma’lumotini taqdim qildi.

Qayd etilishicha, bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Xorazm, Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida kuchsiz yomg‘ir kuzatiladi. Tuman tushadi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 4-9° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-8° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Turkmanistondan o‘ta nam havo oqimi kirib kelmoqda