“O‘zgidromet” 6—10 mart kunlariga ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 6 mart, dushanba kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, markaziy viloyatlarning ayrim joylarida va respublikaning eng chekka janubida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ham yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.
Respublikaning qolgan hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 17-22 daraja iliq atrofida, janubda ba’zi joylarda 23 darajagcha iliq bo‘ladi.
7 martda O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzgi havo harorati 25-28 daraja iliqqacha, janubda va cho‘l hududlarda 30 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
8 va 10 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 9 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
8 martda kunduzgi harorat 15-18 daraja iliqqacha pasayadi, 9—10 martda harorat yana ko‘tarila boshlaydi va 10 martga kelib, 21-26 daraja iliqni tashkil etadi.
6—9 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. 7 martda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida shamol 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
6—10 martda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda, 8 martda kun davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 7—9 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
6 mart kuni havo harorati 19-21 daraja iliqni tashkil etadi, 7 mart kuni 25-27 darajagacha isiydi, 8—9 mart kunlari 17-19 daraja iliq bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring