
Kelgusi 7 yilda mamlakatning asosiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi va uni 2023 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
«O‘zbekiston – 2030» strategiyasining maqsadlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan bo‘lib, unda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan.
«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini 2023 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalarida muddatlar va ijrochilar kesimidagi amaliy vazifalar, erishiladigan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar va strategiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati tasdiqlanmoqda.
Fuqarolar loyihalarning muhokamasida faol ishtirok etib, mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladigan takliflarni regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallariga yuborishi mumkin.
Jamoatchilik muhokamasi 2023 yil 9 avgustga qadar davom etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!