— Islom Karimov, bolalarcha sodda, bolalarcha beg‘ubor inson edi. Bolalarcha orzu qilardi, mo‘’jizalarga bolalarcha ishonardi, bolalarcha kelajakka intilardi, — deydi Samarqand shahridagi, Prezident o‘qigan 21-maktabning keksa o‘qituvchisi Mustahkam Ostanaqulova. Bizning maktabdan Islom Karimovning oyog‘i hech qachon uzilmagan. Agar Islom Karimov bolaligini sog‘inmaganda, o‘quvchilik yillarini eslamaganda, bolalikdan qolgan shirin xotiralarni qo‘msamaganda, bizning maktabga tez-tez kelmas, bolalar bilan bolalarcha suhbatlashmasdi. Islom Karimov bolaligida uchuvchi bo‘lishni orzu qilardi.
Tasavvur qiling-a, qirq to‘qqizinchi, elliginchi yillarda Islom Karimov uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan va maktabdagi aviamodelchilar to‘garagining faol a’zosi bo‘lgan. To‘garak rahbari Ivan Alekseevich Kolenichenko bizga bir qiziq voqeani gapirib bergandi: "Kechki payt edi. Maktabda qorovuldan boshqa hech kim yo‘q, bizning sinf chirog‘idan o‘zga chiroqlar o‘chirilgandi. Uch-to‘rt o‘quvchi bilan samolyotlarning yangi modelini yasab o‘tirgandik. Bir payt eshik taqillab qoldi.
O‘quvchilarning ota-onalaridan bo‘lsa kerak, deya joyimda turgan holatda: “Kiravering, eshik ochiq”, – dedim, va ishimni davom ettiraverdim. Biz bolalar bilan ishga berilib ketgan edik. Bir payt ortga o‘girilib qarasam, tepamda Islom Abdug‘anievich turibdi. U paytda Qashqadaryo viloyatining obkom sekretari edi. Quchoqlashib ko‘rishdik. Islom Karimov bolalik paytlarida aviamodelchilar to‘garagida kechki o‘n, o‘n birgacha qolib ketar edi. Shuning uchun ham u keyinchalik Politexnika institutiga o‘qishga kirdi, Aviasiya zavodida ishladi. Xullas o‘sha kuni tun yarmigacha suhbatlashib o‘tirdik.
Islom Karimov to‘garak hali ham ishlayaptimi, izdoshlarimiz bormi, bolalar samolyotlar yasayaptimi, samolyotsozlikni o‘rganayaptimi, degan xavotirda ekan. Bizni ko‘rib quvonib ketibdi. O‘shanda u hammaga sovg‘a-salom ulashdi. O‘quvchilarga faqat “A’lo” baholarga o‘qishni tayinladi. Bu kutilmagan uchrashuvdan boshim osmonga etdi".
— Islom Karimov yasagan aviamodellar maktabimizda hali ham turibdi. Buyuk insonlar buyuk bolalar tufayli dunyoga kelishini unutmaylik,– deya so‘zini yakunladi Mustahkam Ostanaqulova.
Shoir Muhammad Ismoil
Manba: diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi