7 642
Vladimir Putin: O‘zbekiston xalqi Rossiyani eng ishonchli do‘sti sifatida bilishi mumkin
Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun Samarqandda bo‘ldi. U tashrif davomida O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Bu haqda "Kun" xabar berdi.
U ma’lum qildiki, o‘zbek xalqi va respublika rahbariyati Rossiyaning eng ishonchli do‘st sifatida hisoblashi mumkin.
U Rossiya «Islom Karimov tomonidan boshlangan ishlar davom ettirilishi» tarafdori ekanini qayd etgan.
«Biz o‘z tomonimizdan ushbu hamkorlikdagi ishlar rivojlanish yo‘li yanada ravnaq topishi uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz. O‘zbek xalqini, O‘zbekiston rahbariyatini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu borada bizga eng ishonchli do‘stga ishongandek ishonishingiz mumkin», — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA «Novosti».
Rossiya rahbari qayd etib o‘tganki, Islom Karimov ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanishi uchun zamin yaratdi.
Putin O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari strategik sheriklik asosida qurilganini ta’kidlagan.
«Biz hamisha bu munosabatlarni qadrlaganmiz», degan Putin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi