“O‘zgidromet” hafta davomida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 8 iyul, dushanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha yoz faslining o‘rtasi uchun 32-35 daraja, janubda va cho‘l hududlarda 38-40 darajagacha bo‘lgan qulay harorat kuzatiladi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
9 iyul, seshanba kunidan havo harorati ko‘tarila boshlaydi va ish haftasining oxirigacha 35-39 daraja atrofida, janubda 42 darajagacha issiq bo‘ladi. Ushbu davrda yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi.
Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘li hududlarida 8—12 iyul kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 8—9 iyulda Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona vilotlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda 8 iyul, kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 33-35 daraja bo‘ladi. 9—12 iyul kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 35-38 daraja bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”