“O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi.
Quyidagilar jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- jamg‘arma sof aktivlarining bozor qiymatini oshirish;
- jamg‘arma aksiyalarini yetakchi xorijiy fond birjasida joylashtirish;
- jamg‘arma aktivlariga investitsiyalarni jalb qilish hamda ularni xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun yetakchi xalqaro institutsional investorlarni jalb qilish;
- jamg‘arma investitsiya aktivlarida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o‘tish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etishda ishtirok etish.
Jamg‘arma ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi o‘tkaziladigan korxona va tijorat banklarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Jamg‘arma aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va aksiyalari ommaviy joylashtirilgunga qadar uning yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi.
Jamg‘armaning 2030 yilgacha investitsiya aktivlari sof foydasining kamida 50 foizi tegishli yil yakunlariga ko‘ra dividendlar to‘lashga yo‘naltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Isroilga qurol sotishni to‘xtatish AQSH Senatida ko‘rib chiqiladi
Tadqiqot: iqlim o‘zgarishi to‘fonlar tezligini oshirmoqda
Kelgusi yildan o‘quvchilar o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi