O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik Kodeksiga, Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmagan piyodalarga ma’muriy jazolarni tayinlashni kengaytiruvchi to‘ldirishlar kiritildi. Mazkur tuzatishlar to‘g‘risidagi qarorni 2016 yil 23 sentyabr kuni Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev imzolagan. U, 24 sentyabrdan kuchga kiradi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri.
Kodeksning yangilangan 138 moddasiga muvofiq, endilikda, piyodalarning avtomobil qatnov qismini kesib o‘tish chog‘ida, telefondan foydalanishi, kitob, davriy nashrlar o‘qishi, video yoki audiomateriallarni ko‘rishi va tinglashi hamda diqqatni susaytiruvchi boshqa elektron jihozlardan foydalanishi, bu holat maxsus piyodalar o‘tish joyida amalga oshirilgan taqdirda ham eng kam oylik ish haqining uchdan biri (1 oktyabrdan — 49925 so‘m) miqdorida jarima solishga asos bo‘ladi.
Bundan tashqari, yo‘lovchilarning qo‘ldan boshqa tana a’zolarini yoki qismini transport vositasining harakati chog‘ida salon tashqarisiga chiqarishi eng kam oylik ish haqi miqdorida (1 oktyabrdan 149775 so‘m) jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi