Toshkentdagi «Chorsu» bozori atrofida yashil hudud paydo bo‘ladi. Buning uchun «Ko‘kaldosh» masjidining chap tarafidagi bir nechta eski binolar buzib tashlandi, deb yozmoqda "Diydoraziz" sayti.
Ikki haftacha ilgari «Chorsu» bozoridagi avtobus bekatining chap tarafidagi binolar va kichik inshootlarning buzilishi boshlangandi. Buziladigan inshootlar qatoriga uch qavatli bino va bir nechta kichik do‘konlar tushgandi.
sputnikning shahar hokimiyati matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, bu inshootlar amaldagi me’yor talablariga javob bermaydigan holatga kelib qolgandi. Masjid va bozor atrofidagi hududni obodonlashtirish maqsadida ularni buzib tashlash va dam olish xiyoboni tashkil etishga qaror qilingan. Bu erga daraxtlar, butalar, gullar o‘tqazish, skameykalar o‘rnatish rejalashtirilgan.
Joriy yilda Toshkentdagi qator yirik bozorlar – Oloy bozori, Farhod bozori, «Qatortol» ulgurji savdo bozori keng miqyosda rekonstruksiya qilindi. Shu bilan birga, Mirzo Ulug‘bek tumanida 800dan ortiq savdo nuqtasiga ega yangi dehqon bozori quriladi.
Bugungi kunda poytaxtda 20dan ortiq yirik oziq-ovqat bozorlari va 60dan ortiq bozorchalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning umumiy er maydoni 140 gektardan oshadi. O‘tgan yili bozorlardan mamlakat byudjetiga 130,3 milliard so‘m miqdorida sof daromad tushgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi