16:23 / 13.12.2024
14

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun 5 yilga litsenziya beriladi

O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun 5 yilga litsenziya beriladi
Foto: Getty Images
O‘zbekiston prezidentining “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024 yil 19 apreldagi farmoni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori e’lon qilindi.

Qaror bilan internet tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni, lotereyalar tashkil etish faoliyati va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga qo‘yiladigan litsenziya talablari ham shartlari tasdiqlandi. Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni, lotereyalar tashkil etish va o‘tkazishda hamda bukmekerlik faoliyatidagi cheklovlar belgilandi. Shuningdek, bunday faoliyatni amalga oshirishga oid ayrim to‘lovlar turlari va miqdorlari tasdiqlandi.

Qarorda belgilanishicha, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Stavkalar va o‘yinchilarning yagona davlat registrini yuritadi.

Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
  • o‘yinchilar yagona reyestri;
  • cheklovlar (taqiqlar), shu jumladan, bukmekerlik garovlarida yoki internet tarmog‘idagi o‘yinlarda sarflash (yutqazish) mumkin bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha limitlar yagona reyestri;
  • sotib olingan lotereya chiptalari, bukmekerlik garovlari uchun qabul qilingan mablag‘lar va internet tarmog‘idagi o‘yinlarga kiritilgan mablag‘lar bilan bog‘liq moliyaviy tranzaksiyalar reyestri;
  • yutuqlar bo‘yicha to‘lovlar reyestri.

Belgilanishicha, internet tarmog‘idagi o‘yinlar, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun 5 yilga namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi.

Internet tarmog‘idagi o‘yinlar, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari o‘z xizmatlarini ko‘rsatish uchun internet tarmog‘i milliy segmentidagi faqatgina bitta domen nomidan foydalanishi mumkin.

Bir vaqtning o‘zida quyidagi mezonlarning kamida ikkitasi mavjud bo‘lganda, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar, bukmekerlik garovi va lotereyalarning o‘tkazish joyi sifatida O‘zbekiston tan olinadi:
  • o‘yinchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi,
  • o‘yin O‘zbekiston hududida tashkil etilishi,
  • o‘yinchi O‘zbekiston hududidan o‘yinda ishtirok etishi,
  • o‘yinga kirish uchun O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan IP-manzildan yoki O‘zbekistonning xalqaro kodi mavjud bo‘lgan mobil telefondan foydalanish,
  • o‘yinga pul kiritish va chiqarish uchun O‘zbekiston tijorat banki tomonidan emissiya qilingan bank kartasidan foydalanilganda.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 3 oy muddatda fuqarolarning yoshi, sog‘lig‘i, daromad manbai va boshqa ma’lumotlarni inobatga olgan holda, internet tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar, lotereyalar va bukmekerlik garovlarida qatnashishi taqiqlangan O‘zbekiston fuqarolarining toifalari ro‘yxatini ishlab chiqib, tasdiqlashi lozim.

2025 yil 1 yanvarga qadar lotereya va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish sohasida noqonuniy xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy yuridik shaxslarga jarima qo‘llash tartibi ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.

O‘zbekistonda lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar haqida

Prezidentning “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025 yil 1 yanvardan tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni onlayn o‘tkazishga hamda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga ko‘ra, mazkur farmon mablag‘larning mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan.

Chet elga qancha mablag‘ chiqib ketishi bo‘yicha aniq raqamlar yo‘q. Lekin ma’lum qoidalar asosida hisoblab chiqsa bo‘ladi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, bir yilda qimor o‘yinlariga O‘zbekistondan 300 million dollardan 1 milliard dollargacha bo‘lgan mablag‘ chet elga chiqib ketyapti”, degan edi agentlik boshqarma boshlig‘i Nodir Jo‘rayev 2024 yil mayida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Farmonga ko‘ra, tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni internetda (onlayn) amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi. Barcha to‘lovlar bank orqali qabul qilinadi. Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni maxsus litsenziya olgan yuridik shaxslar tashkil etishiga ruxsat beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun 5 yilga litsenziya beriladi