18 oktyabr, seshanba o‘tar kechasi va seshanba kuni kunduzi O‘zbekistonning qator hududlarida, xususan, Toshkent shahrida qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda «Kun» sayti xabar bergan.
Toshkent shahri
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 5—10 metr tezlikda esadi, 12—17 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8…+10 daraja iliq, kunduzi +10…+12 daraja iliq bo‘ladi, kechga tomon +4…+6 daraja iliqgacha pasayadi.
Qoraqalpog‘iston Respubliksi va Xorazm viloyati
Havo o‘zgarib turadi, kechasi yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +1…+6 daraja iliq, kunduzi +5…+10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3…+8 daraja iliq, kunduzi +7…+12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5…+10 daraja iliq, kunduzi +8…+13 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyati
Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +11…+16 daraja iliq, kunduzi +15…+20 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5…+10 iliq, kunduzi +13…+18 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +5…+10 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi