08:30 / 11.01.2025
13

Ayrim sanoat mahsulotlari uchun “Karbon yigʻimi” tizimi joriy etiladi

Ayrim sanoat mahsulotlari uchun “Karbon yigʻimi” tizimi joriy etiladi
2025 yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi. Unga koʻra, ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun kompensatsiya toʻlov (yigʻim)ini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlanadi.

Bunda uglerod izi yuqori boʻlgan sanoat mahsulotlari (tsement, koʻmir, siqilgan gaz va boshqalar) uchun “Karbon yigʻimi” tizimini joriy etish va ulardan kelib tushadigan mablagʻlarni hududlarda ekologiya muammolarini hal etishga yoʻnaltirish masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash nazarda tutiladi.

Investorlarni jalb qilgan holda yirik korxonalar tomonidan import oʻrnini bosuvchi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Import qilinayotgan sanoat mahsulotlarini tahlil qilish, mahalliylashtirish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.

Bunda:
  • import hajmi yuqori boʻlgan sanoat mahsulotlarini tahlil qilish va ularni mahalliylashtirish boʻyicha chora tadbirlarni belgilash;
  • import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda investorlarni jalb qilish choralarini koʻrish;
  • sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish maqsadida yirik korxonalar tomonidan import oʻrnini bosuvchi sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish moʻljallangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston