14:51 / 21.01.2025
116

Kambagʻal oilalar a'zolariga subsidiya ajratiladi

Kambagʻal oilalar a'zolariga subsidiya ajratiladi
“2025 yilda aholi bandligini ta'minlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Ogʻir toifadagi 300 ta mahallada kooperatsiya asosida 180–500 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stantsiyalari barpo etiladi.

2025 yil 1 apreldan 2028 yil 1 yanvarga qadar yangi tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi va dorivor oʻsimliklarni etishtirish va qayta ishlash kooperativlari uchun ijtimoiy soliq hamda ularga ishga qabul qilingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari 1 foiz etib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a'zolariga qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun BHMning 10 baravarigacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi.

Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji negizida 2025 yil 1 dekabrgacha kreativ sohalar klasteri tashkil qilinadi.

Kasbiy koʻnikmalar markazlarida:

▪️ 2025 yil 1 fevraldan ish beruvchilar buyurtmasi va tijorat banklari mijozlari ehtiyoji asosida ishsiz aholini, shu jumladan, kambagʻal oilalar a'zolarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga manzilli oʻqitish tizimi joriy etiladi;
▪️ 2025 yil 1 martdan aholini kasb-hunarga oʻqitish va bandligini ta'minlash jarayonlarini raqamli nazorat qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
▪️ 2025 yil 1 apreldan 12 ta yangi kasb yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston