Oʻzbekistonga 22 yanvar, chorshanba kuni Volgaboʻyidan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi, respublikaning katta qismida yogʻingarchilik boʻlishi prognoz qilingandi. “Oʻzgidromet” shu kuni yomgʻir qorga aylanishi ehtimoli bor hududlarni ma'lum qildi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 12-14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 1-3 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar