06:00 / 02.02.2025
358

Mirziyoyev tadbirkor Alekperov bilan nimalarni muhokama qildi?

Mirziyoyev tadbirkor Alekperov bilan nimalarni muhokama qildi?
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 30 yanvar kuni rossiyalik tadbirkor Vagit Alekperovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Rossiyaning etakchi neft-gaz kompaniyasining Oʻzbekiston energetika sohasidagi loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini oʻzlashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va neft mahsulotlarini chakana sotish tizimini rivojlantirish shular jumlasidan.

Mutaxassislarni tayyorlash va ishga joylashtirish, ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston