18:42 / 03.02.2025
127

2025 yilda 5 million 200 ming aholi bandligini ta'minlash reja qilingan

2025 yilda 5 million 200 ming aholi bandligini ta'minlash reja qilingan
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni aholi bandligini ta'minlash va investitsiyalar jalb qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Qayd etilishicha, bu yil 5 million 200 ming aholini bandligini ta'minlab, 1,5 million odamni kambagʻallikdan chiqarish, 42 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etib, eksportni 30 milliard dollardan oshirish reja qilingan. Yigʻilishda shu borada boshlangan ishlar va dastlabki natijalar haqida axborot berildi.

Ta'kidlanishicha, yanvar oyida 277 ming fuqaro ishli boʻlgan. Shundan 91 ming nafari doimiy ishga joylashgan, 153 mingi tadbirkorlikka jalb qilingan.

Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha 32 ta yoʻnalishda yangi yondashuvlar joriy etilyapti. Yaqinda vazirlik va hokimliklar mutaxassislaridan iborat guruhlar Xitoyga borib, tajriba almashib keldi. Endi joylardagi imkoniyatlar aholiga tushuntirilib, daromad topishga koʻmaklashiladi.

Ish oʻrinlari va investitsiya oʻzaro bogʻliq. Bu yil qariyb 14 milliard dollarlik 8 mingta loyihani amalga oshirib, 272 mingta doimiy ish joyi yaratish rejalashtirilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, oʻtgan oyda Oʻzbekistonga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya kelgan. Fevral oyida ham shuncha investitsiya olib kelish, 623 ta loyihani ishga tushirish koʻzda tutilgan. Yigʻilishda loyihalar boʻyicha manzilli ishlab, sur'atni keskin oshirish zarurligi ta'kidlandi.

Yil boshidan buyon eksport hajmi 1 milliard 300 million dollarga etgan. Mutasaddilarga xorijiy hamkorlar bilan ishlab, tadbirkorlarga tashqi bozorlarga chiqishga koʻmaklashish, yangi korxonalarni eksportga jalb etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston