11:11 / 04.02.2025
99

Oʻzbekistonda kurerlik joʻnatmalari uchun yigʻim belgilanmoqda

Oʻzbekistonda kurerlik joʻnatmalari uchun yigʻim belgilanmoqda
Vazirlar mahkamasining 31 yanvardagi qarori bilan bojxona toʻlovlarining yangi stavkalari tasdiqlandi.

Hujjat Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo boʻlish jarayoni doirasida bojxona yigʻimlari stavkalarini JST qoidalari va talablariga muvofiqlashtirish maqsadida qabul qilingan.

Xususan, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar miqdori bojxona organlarining harakatlari bilan bogʻliq xarajatlarning taxminiy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Bundan tashqari, «eksport» va «import» bojxona rejimlarida tovarlarni rasmiylashtirish uchun olinadigan yigʻim stavkalari ham muvofiqlashtirildi.

Bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻim miqdori 8 baravar — BHMning 2 baravaridan (750 ming soʻm) BHMning 25 foizigacha (93,75 ming soʻm) kamaytirildi.

Bojxona hududida va bojxona hududidan tashqarida bojxona qayta ishlash rejimlarida undiriladigan yigʻim stavkasi ikki baravar kamaytirildi.

Xalqaro kurerlik joʻnatmalarida 1 kg yuk uchun BHMning 2 foizi (7500 soʻm) miqdorida yigʻim joriy etiladi. Bugungi kunda bir kalendar chorak davomida fuqarolar uchun 1000 AQSh dollari miqdoridagi kurerlik joʻnatmalari uchun boj olinmaydigan norma ishlaydi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston