“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 5 noyabr kuni ikkinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini qabul qildi.
Samolyot Sietldan Toshkentgacha 12 soatlik to‘xtovsiz parvozni amalga oshirgan. Samolyot o‘z bortiga 246 yo‘lovchini sig‘dira oladi. Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti O‘zbekistondan AQSh va Kanada, Uzoq sharq, Osiyo, Afrika va Avstraliya aeroportlariga parvozni amalga oshirishi mumkin.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi o‘zining birinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini joriy yil 31 avgust kuni qabul qilgan edi. Shu vaqtgacha samolyot mamlakatimizning bir necha shaharlari, xususan, Buxoro, Urganch, Navoiy va Nukusda bo‘lib, xalqaro yo‘nalishlarda parvoz qilishga ham ulgurdi. Samolyot Dehli, Dubay, Tel-Aviv, Olma-ota aeroportlariga parvoz qilgan.
Bu turdagi samolyotdan foydalanish uchun mamlakatimizda ikki nafar instruktor va 18 nafar uchuvchidan iborat maxsus guruh tuzilgan.
Boeing 787-8 Dreamliner samolyotining yoqilg‘i samaradordigi avvalgi Boeing-767 bilan taqqoslanganda 10 foizga ustunlik qiladi. Tezlik jihatdan ham muayyan tafovut mavjud. Masalan, Toshkentdan Moskvagacha parvoz vaqti 10 daqiqaga, London va Parijga esa 20-30 daqiqaga qisqargan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi