
Oʻzgidromet ertaga, 17 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi. Unga koʻra:
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+2 daraja, kunduzi +10...+12 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –1...–6 daraja, kunduzi +6...+11 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3 daraja, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +8...+13 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +12...+17 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +6...+11 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8 daraja, kunduzi 0...+5 daraja boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar