14:46 / 26.02.2025
61

Pokiston bosh vazirini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Pokiston bosh vazirini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
26 fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Shahboz Sharifni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, shohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.

Etakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar a'zolarini bir-biriga tanishtirdi.

Birgalikda suratga tushilgandan soʻng tor doiradagi muzokaralar boshlandi.







arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston