
Ish haftasining oxirigacha beqaror ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» agentligi.
Kunduzgi harorat +27…+29 darajagacha, ba’zi joylarda +30…+32 darajagacha bo‘lgan, uzoq kuzatilgan quruq va iliq ob-havodan so‘ng, 23 martda respublikaning g‘arbiy hududlariga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘di, ba’zi joylarda kuchli bo‘ldi.
Dushanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlariga nam havo massalari tarqaladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha kuchayadi. Havo harorati +12…+15 daraja atrofida bo‘ladi.
Hafta davomida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi, faqat 26–28 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam.
Bu kunlarda harorat asta-sekin pasayadi va kechalari +4…+6 daraja, kunduz kunlari +8…+13 darajani tashkil etadi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin), 24–25 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 24–25 mart kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkent shahrida 24 mart kuni yomg‘ir yog‘adi. Shamol 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 10–12 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat +15…+17 daraja bo‘ladi. 25 martda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +6…+8 daraja, kunduzi +12…+14 daraja bo‘ladi.
26–27 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechalari +4…+6 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari +8…+10 darajagacha pasayadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar