09:32 / 18.11.2016
9 920

Navoiyda o‘qituvchi nasha bilan ushlandi

Navoiyda o‘qituvchi nasha bilan ushlandi

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida narkotik moddalarning navbatdagi kontrabandasi fosh qilindi, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.

Tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqaro T.To‘xtaev (maqoladagi barcha ism shariflar o‘zgartirilgan) boshqa shaxsga paypog‘i ichiga yashirgan marixuanna narkotik moddasini sotayotgan paytda qo‘lga olindi.

Viloyatdagi umumta’lim maktablaridan birida yosh avlodga ta’lim beruvchi pedagog T.To‘xtaev jinoiy qilshmishlarini yashirish maqsadida o‘z hovlisida o‘stirib, so‘ngra quritilgan 2 tup nasha giyohlarini maktab xonalaridan biridagi lenolium ostiga yashirgani ma’lum bo‘ldi.

Yana bir fuqaro K.Ketmonovning xonadoni ko‘zdan kechirilganda narkotik moddalarni og‘ilxonaga ilib qo‘yilgan ayollar sumkasiga, tomdagi eski choynak ichiga, mehmonxona javonidagi bankaga, g‘aladondagi gugurt qutilarga bekitib qo‘ygani aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida ushbu shaxslardan jami 1 kg dan ortiq naroktik moddalar daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi. Ushbu holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va sud tomonidan aybdorlarga nisbatan jazolar tayinlandi.

DBQ axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi hodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilar hamkorlikda aniqlangan 16 ta qonunbuzarlik holatlarida 10 kg dan ortiq naroktik moddalarning noqonuniy olib o‘tilishi va ichki hududdagi aylanmasiga chek qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Navoiyda o‘qituvchi nasha bilan ushlandi