13:08 / 19.11.2016
8 474

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtobus qatnovi joriy qilinadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtobus qatnovi joriy qilinadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Samarqand-Chimkent-Turkiston va Chordara-Ettisoy-Jizzax yo‘nalishi bo‘yicha avtobus aloqasini joriy qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Bu haqda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Erik Utembaev Janubiy Qozog‘iston viloyatida o‘tgan o‘zbek-qozoq biznes-anjumanida aytib o‘tdi. Utembaev shuningdek qozoq-o‘zbek agrosanoat hududini qurishni hamda nafaqat Toshkent bilan hamkorlik qilishni, balki O‘zbekistonning barcha hududlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni taklif qildi.

"Ikki davlat iqlimi o‘xshashligi tufayli viloyatda sabzavotchilikni rivojlantirish mumkin. Sayyohlik sohasini rivojlantirish maqsadida biz Buyuk ipak yo‘lini tiklashimiz lozim. Bu yo‘nalishda bugungi kunda tegishli ishlar olib borilmoqda va hududlararo avtobus reyslarini ochish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda", deb aytdi diplomat.

Qozog‘istonning "Xabar" telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasini 3 barobarga oshirib, 1,5 trln tangagacha etkazish mo‘ljallanmoqda. Bu natijaga, jumladan 10 ta qo‘shma korxona yaratish bilan erishilmoqchi.

"O‘zbekistonlik investorlar qishloq xo‘jaligi, farmasevtika, to‘qimachilik, mashinasozlik sohalariga sarmoya kiritishga va Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi sanoat va maxsus iqtisodiy zonalarda o‘z bizneslarini qurishga tayyorlar. Mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilar esa o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonga eksport qiladilar. Shuningdek, qo‘shma korxonalar ishtirokchilarining chegaralarni kesib o‘tishi jarayonini soddalashtirish, ekspert kengashi yaratish va hududlararo avtobus reyslarini yo‘lga qo‘yishga qaror qilingan", deb ma’lum qilgan telekanal.

Ta’kidlash joizki, 2015 yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 1,67 mlrd dollarga etgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Qozog‘istonga gaz, paxta tolasi, kimyoviy mahsulotlar, o‘g‘itlar va sabzavotlar eksport qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtobus qatnovi joriy qilinadi