16:11 / 21.11.2016
6 794

Sarvar Otamuratov Toshkent saylovchilari bilan uchrashdi

Sarvar Otamuratov Toshkent saylovchilari bilan uchrashdi

21 noyabr kuni prezidentlikka O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Otamuratov Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashdi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar qildi.

Nomzod o‘z dasturida milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni himoya qilish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, xalq farovonligini oshirish, milliy axborot makonini shakllantirish, ham ma’nan, ham jismonan barkamol avlodni tarbiyalash hamda tashqi ­siyosatda milliy manfaatlarni himoyalash va maqsadli ilgari surish kabi dolzarb vazifalar belgilanganini ta’kidladi.

Sarvar Otamuratov mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida yosh avlodni milliy ma’naviyat va qadriyatlar ruhida tarbiyalash, davlat tilini yanada takomillashtirish, ma’naviy-ma’rifiy markazlarni tashkil etish va ularning faoliyatini rivojlantirish, oilaviy qadriyatlarni ardoqlash va oilalarni mustahkamlash lozimligiga alohida urg‘u berdi.

Nomzod madaniy meros ob’ektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, hisobga olish ishlarini takomillashtirish, muzeylar, arxivlar, kutubxonalarda va boshqa joylarda saqlanayotgan, madaniy meros ob’ekti belgilariga ega bo‘lgan eks­ponatlar, kolleksiyalar va ­arxiv hujjatlarini to‘liq toifalashtirish, bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirish ­zarurligini ta’kidladi.

Sarvar Otamuratov «Barkamol avlod — millat tayanchi» tamoyili ostida yoshlar ongini «ommaviy madaniyat"ning salbiy ta’siridan muhofaza qilish maqsadida ularning qalbi va ongiga milliy tiklanish g‘oyasini singdirish, milliy ma’naviyat va qadriyatlar ruhida tarbiyalashni yanada kuchaytirish lozimligini e’tirof etdi. Nomzod bu borada kino, teatr va estrada san’atida O‘zbekiston xalqining boy va betakror tarixi, madaniyati, an’analari va ilg‘or urf-odatlarini ta’sirchan badiiy obrazlar orqali ifoda etadigan asarlarni yaratish taklifini berdi.

Nomzod barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekan, yoshlarning ma’naviy kamoloti bilan bir qatorda ularning jismonan etukligiga ham alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi. U «Farzandlari sog‘lom va barkamol yurt qudratli bo‘lur» shiori ostida mamlakatda keng quloch yoygan va umummilliy vazifaga aylangan bolalar sportini har tomonlama rivojlantirish, sportning barcha turlari, ayniqsa, Olimpiada o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan hamda milliy turlarini har ­tomonlama qo‘llab-quvvatlash, o‘zbek kurashini Olimpiya o‘yinlari qatoriga kiritish darkor, deb hisoblaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sarvar Otamuratov Toshkent saylovchilari bilan uchrashdi