
Foto: Uza.uz
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, loyihada:
- bola huquqlariga oid qonun hujjatlari kompleks tizimlashtiriladi;
- BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi va uning Fakultativ protokollarida aks ettirilgan qoidalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari yanada takomillashtiriladi.
Bola huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish va to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi O‘zbekiston Respublikasining Bola huquqlari kodeksi loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Kodeks loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasining Bola huquqlari kodeksi loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
O'zbekiston yangiliklari Bola HuquqlariO‘zbekiston RespublikasiHuquqiy TizimBMT KonvensiyasiLoyihani Ishlab ChiqishJamoatchilik Muhokamasi Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar