date
views 112

Expo 2025: O‘zbekiston paviloni 100 ming mehmonni maftun etdi (video)

Expo 2025: O‘zbekiston paviloni 100 ming mehmonni maftun etdi (video)
Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tayotgan Expo 2025 jahon ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston o‘zining ilhomlantiruvchi va madaniyat, fan hamda barqaror rivojlanish uyg‘unlashgan paviloni bilan faol ishtirok etmoqda. Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, ko‘rgazma boshlanganidan buyon yurtimiz paviloniga 100 mingdan ziyod mahalliy va xorijiy mehmon tashrif buyurgan.

— Expo 2025 ko‘rgazmasida faxr bilan O‘zbekiston pavilonini taqdim etmoqdamiz. Bu maskan faqatgina me’moriy jihatdan emas, balki g‘oya va mazmun jihatdan ham diqqatni jalb qilmoqda. Pavilonimiz — bu “Bilimlar bog‘i”, unda an’ana va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unlikda namoyon bo‘lmoqda, — deydi Saida Mirziyoyeva.

O‘zbekiston paviloni ko‘rgazmada o‘zgacha dizayn va mazmuni bilan alohida ajralib turibdi. Unda mamlakatning boy madaniyati, tarixiy merosi, yangi innovatsion g‘oyalari hamda barqaror kelajak sari intilishi teran aks ettirilgan.

Expo 2025 doirasidagi ishtirok mamlakatimizning xalqaro imiji va turistik jozibadorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 8 may kuni Venetsiya biyennalesida ham O‘zbekiston milliy paviloni tantanali ravishda ochilgan edi. Unda ham Saida Mirziyoyeva ishtirok etib, “Quyosh” obyektining ilmiy va global kontekstda qayta ko‘rib chiqilishi zarurligini ta’kidlagan.

Zamin.uz tahririyatidan:
Expo 2025 doirasidagi bunday iftixorli ishtirok, O‘zbekistonning xalqaro maydonda o‘z so‘zi, o‘z salohiyati va o‘z sevimli maqsadlari borligini yana bir bor isbotlamoqda. Bu kabi ko‘rgazmalar mamlakat imijini yuksaltirish, investitsiyalar jalb etish va madaniyatimizni keng targ‘ib etish uchun mustahkam platforma vazifasini o‘taydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Expo 2025: O‘zbekiston paviloni 100 ming mehmonni maftun etdi (video)