
23 noyabr kuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasiga qarashli ikkinchi Boeing 787 Dreamliner samolyoti Toshkent — Dubay — Toshkent reysi bo‘yicha o‘zining ilk parvozini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Sof,uz sayti.
Ikkinchi "orzu layneri" aviakompaniya parkiga 5 noyabr kuni keltirilgandi. Birinchi Dreamliner esa sentyabrda xalqaro yo‘nalishlarda parvoz qilishni boshlab yuborgan. U Dubay, Dehli, Istanbul, Tel-Aviv, Olmaota va Moskvaga parvozlarni amalga oshirdi.
Endilikda yangi samolyotlar Atlantika yo‘nalishida uzoq masofaga to‘xtovsiz parvozlarni amalga oshiradi. O‘zbekistonlik yo‘lovchilar hech qanday to‘xtalishlarsiz qulay sharoitlarda manzillariga etib olishlari mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar