
Yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini zamon talablari asosida yanada takomillashtirish va aholiga sifatli tibbiy yordamni kafolatlash maqsadida yana bir muhim qadam qo‘yildi. Prezidentning “Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, mamlakatda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatishda yangi yondashuv – xalqaro standartlarga mos, raqamlashtirilgan va aholiga yanada yaqin bo‘lgan model joriy qilinadi.
Yangi tizimning asosiy maqsadlari:
- Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini xalqaro amaliyot asosida qayta shakllantirish;
- Oilaviy shifokorlar ulushini 70 foizga yetkazish;
- Tibbiyotda qog‘ozbozlikni kamaytirish, raqamlashtirish orqali shifokorlarning ortiqcha ish yukini 30 foizgacha qisqartirish.
2025 yil 1 iyuldan boshlanadigan o‘zgarishlar
Ta’kidlanishicha, joriy yilning 1 iyulidan boshlab belgilangan tuman va shaharlarda ushbu yangi tizim tajriba-sinov sifatida yo‘lga qo‘yiladi. Bu jarayon 2026 yilning 1 yanvaridan esa Samarqand viloyatida to‘liq qamrovda amalga oshiriladi.
Tajriba doirasida har bir tuman va shahardagi tibbiyot birlashmalari negizida maxsus sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi. Ushbu tuzilmalar orqali tibbiy xizmat ko‘rsatishning samaradorligi oshirilishi, bemorlar bilan ishlashda shaffof va fuqaroga yondashuv keng joriy qilinishi ko‘zda tutilmoqda.
Zamin.uz tahririyatidan:
Yangi farmon orqali sog‘liqni saqlash tizimida o‘tkir muammolarni bartaraf etishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilayotgani qulay yangilik sifatida baholanmoqda. Xususan, oilaviy shifokorlar soni ko‘paysa, aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat nafaqat samarali, balki tezkor va shaxsiylashtirilgan bo‘ladi. Shifokorlar ish yukining kamayishi esa ularning faoliyatini kasbiy va insoniy jihatdan yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Siz ushbu yangilik haqida qanday fikrdasiz? Yangi tizim siz yashayotgan hududda joriy etilsa, qanday o‘zgarishlardan umid qilasiz? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar