
O‘zbekistonda milliy brendlarni rivojlantirish va ularni xalqaro maydonda tanitish bo‘yicha yangi mexanizm ishga tushirilishi kutilmoqda. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni dunyoga tanitish, ichki bozordagi savdo markalarini tashqi iste’molchiga yetkazish maqsadida milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil etiladi.
Xalqaro mutaxassislar jalb etiladi
Yangi kompaniya faoliyati doirasida xorijiy tajriba keng joriy qilinadi. Xususan, brend-menejerlar, dizaynerlar, marketologlar va PR-mutaxassislar yetakchi davlatlardan olib kelinadi, ular mahalliy mahsulotlar asosida zamonaviy va raqobatbardosh brend konsepsiyalarini yaratadi.
50 ta milliy mahsulot tanlab olinadi
Kompaniya faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — sifati xalqaro standartlarga mos bo‘lgan va sertifikatlangan kamida 50 ta milliy mahsulotni tanlab olishdir. Bu mahsulotlar saralab olingandan so‘ng, ularga maxsus “sifat belgisi” beriladi.
Katta targ‘ibot kampaniyasi boshlanadi
Tanlangan mahsulotlar uchun yirik PR va marketing kampaniyalari tashkil etiladi. Maqsad — ushbu brendlarni dunyo bozoriga olib chiqish, eksport hajmini oshirish va “Made in Uzbekistan” tamg‘asiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash.
Bu targ‘ibot ishlari nafaqat raqamli maydonlarda, balki dunyoning yirik savdo-ko‘rgazmalari va iventlarida ham amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, milliy mahsulotlarimizning tashqi bozorlardagi nufuzini oshirish va O‘zbekiston brendini dunyo xaritasida barqaror joylashtirish uchun yangi bosqich boshlanmoqda. Yangi tizim orqali nafaqat ishlab chiqaruvchilar, balki dizaynerlar, savdo va marketing mutaxassislari ham global jarayonga jalb etiladi. “O‘zbek brendi” endi faqat ichki bozor emas — eksport salohiyatining kuchli belgisiga aylanishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar