date
views 122

Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 28 may kuni Rossiya tomonining taklifiga binoan Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi prezidenti administratsiyasi rahbari Anton Vayno bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda yuqori sur’atda rivojlanib borayotgan va aniq natijalar berayotgan O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.

«Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Kelishuvlar ijrosini monitoring qilish bo‘yicha yaratilayotgan mexanizm davlatlarimiz rahbarlari tomonidan qo‘yilgan vazifalarni hal etish borasida Prezident administratsiyalari o‘rtasida hamkorlikning samarali vositasiga aylanishiga ishonch bildirildi», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanaliga.

Shuningdek, uchrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, innovatsion loyihalar va mintaqalararo aloqalar atroflicha muhokama qilingan. Gumanitar sohadagi ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va mehnat migratsiyasi masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

«Tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha yaqindan muvofiqlashtirish va birgalikda ishlash muhimligi ta’kidlandi», — deya ta’kidlanadi xabarda.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi