
O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining asosiy yo‘nalishlari muhokama etildi. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi ishonchli munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilikning mustahkam poydevori ekani alohida ta’kidlandi.

Yoshlar va kadrlar siyosati masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rahbarlarning yangi avlodini tarbiyalash bo‘yicha tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan tomonlar manfaatdor ekani ta’kidlandi.

«Ta’lim sohasidagi hamkorlikning ijobiy sur’ati qayd etildi: Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni tobora ortib bormoqda. O‘zbekistonda Rossiyaning bir qator yetakchi universitetlari filiallari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar