
Mamlakatimizda 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oldidan Andijon viloyatidagi aholiga transport xizmati ko‘rsatuvchi bir guruh haydovchilar yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ajoyib tashabbus bilan chiqdilar.
Ularning tashabbusi viloyatdagi barcha insonlar uzog‘ini yaqin qiluvchi hamkasblari tomonidan qo‘llab-quvvatlangani e’tirofga molik.

- “Andijon” - “Oltinko‘l” yo‘nalishida mijozlarga xizmat qilaman,-deydi aholiga transport xizmati ko‘rsatuvchi “Formula MChJ Trans” korxonasi haydovchisi Abdurahmon Mirzaqosimov. - Vatanimiz kelajagi, el-yurtimiz farovonligi, tinchlik-osoyishtaligimiz barqarorligi uchun ovoz beriladigan kuni xalqimizga beminnat xizmat ko‘rsatishni o‘zimning fuqarolik burchim, deb bildim.

Saylov o‘tkaziladigan kuni viloyat hududidagi barcha shahar va tumanlardagi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi transport vositalari tomonidan saylovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.
Shu kuni 52 mingdan ziyod yo‘nalishdagi “Damas” avtomashinalari va taksilar saylovda ishtirok etuvchi aholiga beminnat ko‘mak beradilar.

Ayni paytda Andijon shahri va tumanlaridagi aholiga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalari oynalarida “Vatanim kelajagi uchun ovoz beraman”, “4 dekabr bepul xizmat ko‘rsatish kuni” deb yozilgan e’lonlarni ko‘rishingiz mumkin.
Elmurod Ermatov, Andijon.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar