Prezident Administratsiyasining uch vakili boshqa ishga o‘tkazildi

Prezident Administratsiyasining uch vakili boshqa ishga o‘tkazildi
Qisqacha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Prezident Administratsiyasining uch amaldori boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Prezident administratsiyasining uch amaldori ishdan olindi. Ular boshqa ishga o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan:

– Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan;

– Utkirjon G‘ayratovich Kodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimidan;

– Jaxongir Jovaxirlayevich Ibragimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar