date

Ayollar tadbirkorligi uchun moliyaviy strategiya ishlab chiqilmoqda

Ayollar tadbirkorligi uchun moliyaviy strategiya ishlab chiqilmoqda
Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar davom etmoqda, deb O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lum qildi.

2025-yil 14-martdagi PQ–103-son Prezident qarori ijrosi doirasida Markaziy bank tomonidan 11 ta tijorat banki ishtirokida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

2025-yil may oyida esa ushbu strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha “Hamroh” kompaniyasi, Savdo-sanoat palatasi hamda faol tijorat banklari (Xalq banki, Mikrokreditbank) bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda ayol tadbirkorlar uchun maxsus moliyaviy mahsulotlar, o‘quv va mentorlik dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, hujjatning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ayollar tadbirkorligi uchun moliyaviy strategiya ishlab chiqilmoqda