date

Endi IELTS imtihonini qog‘ozda topshirib bo‘lmaydi

Endi IELTS imtihonini qog‘ozda topshirib bo‘lmaydi
11-Iyuldan boshlab O‘zbekistonda xalqaro til sertifikati — IELTS imtihonini qag‘oz shaklida topshirish imkoniyati bekor qilindi. Bu haqda IDP test markazi xabar berdi. Bundan buyon ushbu imtihonni faqat kompyuter orqali topshirish mumkin bo‘ladi. Mazkur qaror, imtihon jarayonida xavfsizlikni ta’minlash va ta’lim sohasida shaffoflikni oshirish maqsadida joriy etilgan.

Qarorning qabul qilinishiga asosiy omillardan biri — so‘nggi vaqtlarda IELTS imtihon savollarining tarqatilishi va noqonuniy yo‘llar orqali sertifikat olish holatlarining ko‘payganidir. Bunday holatlar imtihon natijalarining ishonchliligiga shubha tug‘diradi va xalqaro akkreditatsiya talablariga zid hisoblanadi.

IDP va British Council kabi IELTS imtihonlarini tashkil etuvchi rasmiy operatorlar tomonidan ta’kidlanishicha, kompyuter asosidagi imtihonlar xavfsizlik va nazorat darajasi jihatdan yuqori, shuningdek, natijalar tezroq e’lon qilinadi. Bu talabgorlarga imtihon tajribasini yanada samarali va shaffof qilish imkonini beradi.

Oldin ro‘yxatdan o‘tganlar nima qilishlari mumkin?
Qag‘oz shaklida imtihon topshirish uchun avval ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarga ikki variant taklif etilmoqda:
  • Imtihon formasini ixtiyoriy ravishda kompyuter shakliga o‘zgartirish.
  • To‘lovni to‘liq qaytarib olish.

Bunday yondashuv nomzodlarga o‘z huquqlaridan erkin foydalanish va imtihonga tayyorgarlik jarayonini qayta rejalashtirish imkonini yaratadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Endi IELTS imtihonini qog‘ozda topshirib bo‘lmaydi