Maltalik Evroparlament deputati Mariya Missi O‘zbekiston Prezidenti saylovida qonun buzilishlari yuz bermaganini bildirdi va mahalliy saylov qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatlaridan hayratda ekanligini aytdi.
O‘zbekistonda Prezident saylovi yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Deputatning aytishicha, u saylovlarni kuzatish uchun hech qanday missiya tarkibida emas, balki o‘z shaxsiy tashabbusi bilan kelgan. «Men sakkizta saylov uchastkasida bo‘ldim, komissiya xodimlari va kuzatuvchilar bilan suhbatlashdim. Aytishim mumkinki, hamma narsa to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan. Tashkiliy ishlar a’lo darajada, saylov qo‘mitasi a’zolari chin dildan hamkorlik qilishdi, tanqidga asos yo‘q», — dedi Missi RIA Novostiga bergan intervyusida.
U saylov uchastkalarida saylovchilarning farzandlari uchun tashkil etilgan bolalar va shifokorlar xonalaridan hayratda ekanligini bildirdi. «Hammasi puxta o‘ylangan», — deydi evrodeputat.
«Meni hayron qoldirgan yana bir narsa uchastkalarda partiya kuzatuvchilarining saylovni kuzatishlari bo‘ldi. Gap shundaki, Maltada kuzatuvchilar uchastkadan tashqarida 50 metr narida bo‘lishlari lozim. Lekin ular hatto saylov kuni ham tashviqot o‘tkazishlari mumkin… To‘g‘ri, har bir davlatning, hattoki EIdagi davlatlarning ham o‘z saylov qonunchiligi mavjud. Asosiysi, qonunlarga rioya qilinishi», — dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar